9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sudyalar oliy kengashi qarori bilan sud tizimida uzoq va samarali faoliyat ko‘rsatgan bir guruh faxriylar “Faxriy sudya” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishonini topshirish marosimida ularning mashaqqatli mehnatlari yana bir bor e’tirof etildi.

Haqiqatan ham inson taqdiri bilan bevosita bog‘liq tizimda mehnat qilmoq yuksak mas’uliyat talab qiladi. Shu nuqtai nazarda tizimda uzoq va samarali, eng muhimi, to‘g‘ri va halol faoliyat ko‘rsatgan har bir sudyaning hayot yo‘li tom ma’noda ibrat maktabidir.
Bunday saodat nasib qilgan har bir faxriy esa e’zozga loyiq.
Ma’lumki, “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni davlatimiz rahbarining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan joriy etilib, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib, pensiyaga chiqqan sudyalarga topshiriladi.
O‘zA