Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy stol tennischilar bahsi
12:18 / 2023-12-24

Toshkent viloyatida joylashgan stol tennisi markazida faxriylar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 70 nafarga yaqin erkak va ayol tennischilar sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.  

Ishtirokchilar dastlab guruhlarga bo‘lingan holda raqobatlashdi. O‘z guruhlarida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan sportchilar pley-off bosqichida olimpiya tizimi bo‘yicha kurashni davom ettirdi.  

Uch yosh toifasida o‘tkazilgan musobaqada Tatyana Matveyeva, Aleksandr Boychenko, Asatullo Roziqov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA