Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy sambochilar Osiyo-Okeaniya chempionati yo‘llanmasi uchun bellashdi
10:59 / 2025-03-24

Poytaxtimiz Toshkentda ikki kun davomida sambo bo‘yicha sport ustalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati bellashuvlari qiziqarliligi bilan alohida ajralib turdi.

Bir paytlari mamlakat chempionligiga erishgan, jahon va qit’a chempionatlarida dovruq qozongan, ayni paytda turli sohalarda yoshlarga murabbiylik qilib kelayotgan faxriy polvonlarning yillar o‘tib yana sport maydonida ro‘baro‘ kelishi sambo ishqibozlarining e’tibor markazida bo‘ldi.

Turli yosh toifalarida o‘tgan murosasiz kurashlar natijasida Xudoyberdi Mamatov, Bahriddin Yarmatov, Anvar Jo‘rayev, Mahmado‘st Toshev, Akbar Jo‘rayev, Bahodir Davronov kabi o‘z davrining nomdor sambochilari bo‘lgan faxriylar sovrindorlar qatoridan joy egallashdi.

Mazkur chempionatda g‘olib va sovrindorlikka erishgan sport ustalari joriy yil aprel oyida poytaxtimizda o‘tadigan Osiyo-Okeaniya chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA