FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida navoiylik ijodkorlarning “Yangi uyg‘onish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi” nomli ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira va adiba, faxriy jurnalist, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Salima Umarovaning yangi nashrdan chiqarilgan “Bir qatim nur” kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi.
[gallery-10165]
Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi xodimlari, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar, talabalar, o‘quvchilar, maktablarning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari, jurnalistlar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida olib borilayotgan ishlar, xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlikka jalb etish, ma’naviy olamini yuksaltirish chora-tadbirlarning amaliy natijalarini e’tirof etdilar. Salima Umarovaning yangi kitobidan o‘rin olgan hikoya va qissalar, publitsistik maqolalarning badiiy qimmati haqida ham to‘xtalib o‘tishdi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA