Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy jurnalistlar taqdirlandi
18:41 / 2021-08-25

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ustoz-shogird an’analarini yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda o‘zbek jurnalistikasi oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan markaziy va hududiy nashrlar huzurida tashkil etilgan mahorat maktablari haqida axborot berildi. Uyushma raisi Olimjon O‘sarov Farg‘onada Muhammadjon Obidov, Samarqandda Farmon Toshev, Toshkentda Jabbor Razzoqov, Ahmadjon Meliboyevlarning mahorat maktablari, yosh jurnalistlarga berayotgan bilim va tajribalarining ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

– Yangi O‘zbekistonimizning matbuoti, unda aytilayotgan so‘zlar ham yangicha va zalvorli bo‘lishi kerak, —deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Uyushmaning Faxriy jurnalistlar kengashi raisi Jabbor Razzoqov. 

[gallery-3585]

— Bunda faxriy jurnalistlarning tajribasi, ibrati, ayniqsa, yoshlar uchun muhim. Sababi, hozir ayrim matbuot xodimlari sal nariroqda bo‘layotgan yangiliklar, muammolarni his qilmaydigan, ko‘rmaydigan darajada xonakilashib ketyapdi. Jurnalistni oyog‘i boqadi, degan gap bejiz emas. Qo‘liga qalam olgan shu soha vakili borki, bugunning so‘zini aytishi, muammolarni aniq tahlil qilib berishi uchun xalq orasida bo‘lishi, xizmat safarlariga chiqib, odamlarning yashash sharoitlarini o‘rganishi kerak.

Xabaringiz bor, matbuot sohasida uzoq yillar xizmat qilgan bir guruh jurnalistlar O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi Vasiylik kengashining qarori bilan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi. Mazkur ko‘krak nishonlari tadbir doirasida faxriy jurnalistlarga tantanali ravishda topshirildi.

Nigora Rahmonova, O‘zA