Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy jurnalistlar Sirdaryo viloyati hokimi e’tiborida
18:26 / 2021-06-27

Bugun, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida ushbu sohada uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan va xalq xizmatida bo‘lgan bir guruh faxriy jurnalistlar holidan xabar olinib, ularga Prezidentmizning va viloyat hokimining tabriklari yetkazildi.

Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Sh.Isakulov, Guliston shahar hokimi T.Dadabayev, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Esonov va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida kasb egalarini tabriklab, viloyat hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tashrif chog‘ida jurnalistlar bilan dildan suhbat qurildi. O‘z navbatida, faxriy jurnalistlar sohada erishilayotgan yutuqlarni muntazam kuzatib borayotganlari, o‘z mehnat faoliyatlari, o‘sha davr qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdilar.

Faxriy matbuotchilarga Prezidentimizning tabrigi hamda viloyat hokimi nomidan samimiy minnatdorchiligi izhor etildi.

– Mehnat faoliyatimni matbuot sohasida o‘tkazganimdan faxirlanaman, – deydi faxriy jurnalist Ortiqboy Sultonov. – Garchand hozir nafaqada bo‘lsamda, biz faxriy jurnalistlar haliyam e’tiborda ekanimizdan bag‘oyat mamnunmiz. Gap sovg‘ada emas, gap etiborda.

Bularning barchasi mustaqilligimiz, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat sharofati sabablidir. Ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun barcha sirdaryolik faxriy jurnalistlar va shaxsan o‘zim nomimdan avvalo mana shu ezgu ishlarning barchasiga bosh-qosh bo‘layotgan mamlakatimiz Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga, viloyatimiz hokimi G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev hamda boshqa barcha rahbarlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA