Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy jurnalist ayollar sayohatda bo‘ldi
12:24 / 2024-03-06

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh andijonlik faxriy jurnalist ayollar Qo‘qon shahrida sayohatda bo‘ldi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar, xususan, faxriy ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi tashabbusi bilan faxriy jurnalist ayollar uchun tashkil etilgan sayohat ana shu yo‘nalishdagi ishlarga bir misoldir.  

Turli yillarda viloyatdagi ommaviy axborot vositalarida mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan ayollar Qo‘qon shahridagi “Xudoyorxon o‘rdasi” va boshqa qator tarixiy obidlar, shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi.  

-  –Ijod ahliga, ayniqsa, biz faxriy jurnalist ayollarga ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘nglimiz tog‘day ko‘tarildi, – deydi faxriy jurnalist Mahfuzaxon Norboyeva. – Umuman, kim bo‘lishidan, qaysi sohada ishlashidan qat’i nazar ayol, inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizga ko‘z tegmasin. Bayramlar bayramlarga ulansin.  

[gallery-16252]

Bayram arafasidagi ushbu sayohat faxriy jurnalist ayollarga ulkan ma’naviy ozuqa berdi, qalblariga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.  

F.  Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari