Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy dzyudochimiz “Open Masters Games Abu Dhabi 2026” g‘olibi
15:53 / 2026-02-10

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida 30 ga yaqin an’anaviy sport turlari hamda 10 dan ziyod arab mamlakatlariga tegishli o‘yinlar bo‘yicha 30 yoshdan yuqori bo‘lgan faxriylar o‘rtasida “Open Masters Games Abu Dhabi 2026” o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Sport musobaqalari dasturidan o‘rin olgan dzyudo bellashuvlarida mamlakatimiz vakillari ham ishtirok etmoqda.

Kecha -73 kg. vazn toifasida tashkil etilgan bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ma’rufxo‘ja Mo‘minxo‘jayev barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.

20 ming nafardan ziyod faxriy sportchilar va havaskorlar ishtirok etayotgan mazkur o‘yinlar 14 fevralga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA