Faxriy dzyudochimiz jahon chempionatida 5-o‘rinni egalladi
AQSHning Las-Vegas shahrida faxriylar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida hamyurtimiz munosib natijaga erishdi.
Turli yosh toifasida o‘tkazilgan dunyo birinchiligida hamyurtimiz Zafar Arslonov -100 kilogramm vaznda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Faxriy dzyudochimiz ilk davrada qozog‘istonlik Iriskul Babaxanov, ikkinchi bosqichda ukrainalik Igor Lobazni mag‘lubiyatga uchratdi. Chorak finalda esa gruziyalik Lomeri Jorjolianiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Zafar Arslonov bronza medali yo‘lidagi bir nechta bosqichdan iborat o‘tish bellashuvlarida o‘z omadini sinab ko‘rdi. U fransiyalik Sedrik Lemar, amerikalik Ben Xlifadan ustun keldi. Bronza medali uchun kechgan bahsda italiyalik Tomas Tandoiga yo‘l bergan tarzda kuchli beshlikdan joy oldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA