Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy dzyudochilarimiz Polshada medalli bo‘lishdi
09:56 / 2022-09-13

Dzyudo bo‘yicha faxriylar o‘rtasida Polshaning Krakov shahrida poyoniga yetgan jahon chempionatida faxriy sportchilarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

30 ga yaqin davlatning 250 nafarga yaqin sportchilari qatnashgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar faxriy dzyudochisi medallar uchun tatamiga chiqdi.  

Quvonarlisi, faxriylarimizdan Bahrom Inoyatov 66 kg vaznda barcha raqiblarini mag‘lub etgan tarzda jahon chempionatining oltin medaliga ega chiqdi. 100 kilogramm og‘irlikdagi polvonlar orasida Faxriddin Sharipov va Murodjon Jamolov bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

 

T.Ro‘ziyev, 
O‘zA