French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favvoralarda cho‘milish mumkinmi?
21:51 / 2024-06-13

Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotda batafsil javob berilgan.

"Shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yo‘qdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza bo‘lib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud – u ochiq osmon ostida. Barcha tirik mavjudotlar va shamol uchun ochiqdir. Masalan, favvora ustidan bir qush uchib o‘tdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki, suvda gelmint lichinkalari ko‘payishni boshlaydi.

Shuningdek, yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va cho‘milib oldi, yana gelmint tuxumlari qo‘shildi. Shu sababli favvoralarda cho‘milgan odam turli ichak va teri kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin.

Favvoralar suvi basseynlar suvi kabi zararsizlantirilmaydi. Yana bir jihati, cho‘milayotgan odam favvoraning silliq tubida sirpanib yiqilib tushishi mumkin. Suvning tubida esa qattiq shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir, qirrali moslamalar joylashgan bo‘ladi.

Shunday qilib, favvoralar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va salqinlik berish uchun qurilgan me’moriy va dekorativ element bo‘lib, ularning suvi ichish yoki cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan."

M.Qosimova, O‘zA