Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
13:03 / 2025-11-01

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni samarali bartaraf etish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni samarali bartaraf etish, xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy ilmiy va texnologik yondashuvlar asosida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish hamda tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirni akademiya boshlig‘i Muzaffarjon Mamasiddiqov kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning ilmiy-amaliy ahamiyati xususida to‘xtaldi.

Favqulodda vaziyatlar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda soha mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Favqulodda vaziyatlar sohasida ilg‘or ilmiy yondashuvlar, yangi texnologiyalar va ularning amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha fikr almashildi.

Anjuman doirasida Mudofaa sanoati agentligi tasarrufidagi “Innovatsiya texnologiyalari markazi” hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni samarali bartaraf etish sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar salohiyatini oshirish borasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA