French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ilmiy yechimlar muhokama qilindi
11:27 / 2025-10-11

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning ilmiy asoslangan yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 4 iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Akademiya boshlig‘i Muzaffarjon Mamasiddiqov bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar xususida to‘xtaldi.

Jumladan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida fan, ta’lim hamda amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, texnogen avariyalar, transport hodisalari kabi xavf-xatarlarning oldini olishda ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Bu yo‘nalishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi olim va mutaxassislar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanishi ta’kidlandi.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari tomonidan iqlim o‘zgarishi sharoitida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, isitish tizimlari va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, aholining yong‘indan ogohlik madaniyatini oshirish, hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini yanada samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Anjuman yakunida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, ilg‘or tajribalar almashildi hamda xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlarni milliy amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA