Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
19:09 / 2023-05-01

Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi Nizom  va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari tasdiqlandi. 

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar uch oy muddatda o‘z faoliyati xususiyatlari hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yuklangan funksiyalardan kelib chiqib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni mazkur qaror talablari asosida ishlab chiqadi.

 

O‘zA