Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Favqulodda vaziyat”larga press-tur uyushtirildi
22:18 / 2023-12-02

Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan press-turda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoq vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Respublikamizning barcha hududlaridagi kabi Jizzax viloyatida ham qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu sabab har bir fuqaro favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganida nima qilishni va qanday harakatlanishni bilishi shart.  

Press-tur ishtirokchilari tomonidan berilgan turli savollarga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilari tomonidan batafsil javoblar berildi va favqulodda holatlar sodir bo‘lganda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar amaliy jihatdan ko‘rsatib o‘tildi.  

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Ibragimov ishtirokchilarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning quyi tuzilmalariga qaratilayotgan e’tibor, yong‘in-qutqaruv qismlari binosining yangidan qurilish ishlari, zamonaviy maxsus texnikalar va asbob-anjomlar bilan ta’minlanayotganligi xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, botulizm, is gazidan zaharlanish kabi holatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, insonlarning hayoti va sog‘ligi, moddiy boyliklari va mol-mulkini saqlab qolish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar  haqida atroflicha to‘xtaldi.  

[gallery-14870]

Viloyat FVB bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Farrux Matkarimov va boshqalar qutqaruvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Shuningdek boshqarmaning yopiq basseynida suvda qutqaruv guruhining shartli “cho‘kish” bilan bog‘liq baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishdagi imkoniyatlari va maxsus asbob-anjomlardan foydalanishi amalda namoyish etildi. G‘avvoslarning xavfsiz harakat qilishi uchun kiyiladigan kiyimlar, aloqa vositalari va boshqa jihozlar to‘g‘risida suvda qutqaruv guruhi komandiri Sahob Mahkamov yig‘ilganlarning savollariga batafsil javob qaytardi.  

Ishtirokchilar sun’iy sodir etilgan “favqulodda vaziyat”ning bevosita guvohiga aylandi. Vaziyatni bartaraf etishda maxsus texnikalar, kuch va vositalarni jalb qilgan holda “sodir bo‘lgan yong‘in”ni bartaraf etish, “jabrlanganlar”ni qutqarish ishlarini kuzatdi.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/kmOwHWKMJkM" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari