Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlarda o‘quvchi-yoshlarga to‘g‘ri harakatlanish qoidalari o‘rgatildi
11:53 / 2023-03-01

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ko‘rgazmali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona shahridagi 32- va 35-umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.

[gallery-10754]

Ko‘rgazmali tadbirda favqulodda vaziyatlarda chodir tiklash, yuqori qavatli binolardan insonlarni qutqarish hamda saf tayyorgarligi chiqishlari ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir davomida Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshliq o‘rinbosari, podpolkovnik U. Ismoilov tomonidan qaltis holatlarda to‘g‘ri harakat qilish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish to‘g‘risida zaruriy tavsiyalar berildi.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA