O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganining 28-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i general mayor Ravshan Haydarov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda vazirlik ademiyasida olib borilayotgan islohotlar, kursantlarning bilim-malakasini oshirish, matonatini sinovdan o‘tkazish borasidagi amaliy ishlar xususida ma’lumot berdi. Kursantlarning favqulodda vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish va bunday vaziyatlarda harakatlanishga oid bilim-malakalari yanada oshib borayotganini qayd etdi.


Mamlakatimiz qutqaruvchilari o‘tgan oyda Turkiyada yuzaga kelgan talafotli zilzila vayronalari ostidan insonlarni qutqarib olishda ham chinakam jasorat va matonat namunalarini ko‘rsatganini e’tirof etdi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar, vazirlik tizimida mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida kecha-yu kunduz sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilarimiz, qutqaruvchi va xaloskorlarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajakda yosh ofitserlarga sharafli va mashaqqatli hamda mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffiqiyatlar tiladi.


Tadbir so‘ngida vazirlik va akademiya rahbariyatining bir qator harbiy xizmatchilariga navbatdagi harbiy unvonlar, mukofotlar tantanali topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA