Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlar vaziri Surxondaryoda
11:09 / 2026-02-04

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tasarrufidagi 17-yong‘in-qutqaruv qismi uchun barpo etilgan yangi xizmat binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikromov ishtirok etdi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi rahbariyati, sektor mas’ullari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda soha faxriylari qatnashdi. Tadbir davomida yangi inshootning ahamiyati, qutqaruv xizmatini yanada rivojlantirishda tutgan o‘rni alohida ta’kidlandi.

Yangi xizmat binosi qutqaruvchilarning xizmat faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan. Jumladan, bino zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnika va asbob-anjomlari, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan minora, ma’naviy-ma’rifiy o‘quv xonalari, oshxona, yuvinish xonalari hamda yotoqxonalar bilan jihozlangan.

[gallery-27465]

Marosim yakunida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, xizmatni yanada sifatli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA