Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi
13:38 / 2024-10-12

Sirdaryoda "Yurtning kuchi birlikda, qadri esa tinchlikda" shiori ostida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra,  ishtirokchilar  "Men qutqaruvchiman" estafetasi,  "Birinchi yordam ko‘rsatish",  " Dala chodirini tikish" hamda sportning bir qancha turlari bo‘yicha o‘zlarining har tomonlama tezkor va kuchli ekanligini namoyish etishdi. 

Musobaqada  viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  tomonidan 26 ta mahalladan otaliqqa olingan jami 288 nafar yosh ishtirok etib, viloyat bosqichida 80 nafar yoshdan iborat 10 ta mahalla jamoasi qatnashdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuvda Boyovut tumanining "Ijodkor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan Sirdaryo viloyati favqulodda  vaziyatlar  boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar poytaxtda o‘tadigan  Favqulodda  vaziyatlar vaziri kubogi  respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘ulom  Primov,

O‘zA muxbiri