Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlar sohasida xavfsizlikni ta’minlash choralari kuchaytiriladi
18:55 / 2025-09-12

Favqulodda vaziyatlar vazirligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, IIV, Bojxona qo‘mitasi, "O‘zkimyosanoat" AJ va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashda chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish va yo‘q qilish sohasidagi muammolar tanqidiy muhokama qilindi. Muammolarni bartaraf etish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, nazorat tizimlarini raqamlashtirish va idoralararo hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va nazorat ishlari kuchaytirildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA