Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyati takomillashtiriladi
14:00 / 2025-10-22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Favqulodda vaziyatlar vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti, Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish departamenti, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti hamda Moliya, moddiy-texnik ta’minot va muhandislik departamenti tashkil etiladi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tegishincha Toshkent shahri va Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari etib qayta tashkil etiladi.

Favqulodda vaziyatlar sohasida barcha nazorat funksiyalarini yagona tartib asosida amalga oshiruvchi favqulodda vaziyatlar organlari davlat nazorati (bosh, katta, kichik, yetakchi) inspektori lavozimi joriy qilinadi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari, viloyatlar boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari (boshqarmalari) boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimlari - fuqaro muhofazasi boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanishi belgilandi. 

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Qarorga ko‘ra, davlat yong‘in nazorati organlari vakolatlari favqulodda vaziyatlar organlari zimmasiga yuklatiladi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur sohada huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha yagona respublika ijro etuvchi organi hisoblanadi.

Mahallalarda favqulodda vaziyatlar profilaktikasini manzilli tashkil etish va uni samarali amalga oshirishda "Mahallamizni favqulodda vaziyatlardan muhofazalangan hududga aylantiramiz" shiori ostida "profilaktika-muhofaza" tamoyili asosida quyidagi tashkiliy mexanizmlar joriy etiladi: 

a) mahallalarda favqulodda vaziyatlar yuz berish xavfini ilmiy-texnik yondashuv asosida joyiga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazgan holda xavf indikatorlariga ko‘ra har bir mahallani "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratish; 

b) favqulodda vaziyatlar yuz berish xavfi yuqori bo‘lgan ("qizil" va "sariq" toifadagi) mahallalarni muntazam ravishda "xonadonbay" o‘rganib borish va muammolarni bartaraf etish orqali xavf indikatorlarini kamaytirishga qaratilgan hudud, tuman (shahar) va mahallalar kesimida profilaktika chora-tadbirlari rejalarini ishlab chiqish; 

v) tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘lim (boshqarma) rahbar xodimlarini, davlat inspektorlarini, birinchi navbatda, "qizil" va "sariq" toifadagi mahallalarga biriktirish orqali "mahalla yettiligi" vakillari va mahalla faollari bilan manzilli kompleks profilaktika tadbirlarini tashkil etish; 

g) mahallalarning xavf darajalaridan kelib chiqib, hududiy birlik doirasida davlat inspektorlarini profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun eksterritorial tamoyil asosida taqsimlab borish; 

d) mahalla fuqarolar yig‘ini binosi va huquq-tartibot maskanlarida davlat inspektorlarining "Mahalla muhofazasi" xizmat xonasini tashkil etish, "mahalla yettiligi" vakillarining aniq vazifalarini belgilash hamda ularning ijrosini muvofiqlashtirib borish tizimini joriy etish; 

j) zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalar yordamida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar yuz berish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda vaqtinchalik maxsus postlarni tashkil qilish hamda favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish tizimini yaratish; 

z) mahallalardagi uy-joy fondi va boshqa nazorat ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va boshqa texnik- profilaktik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, natijadorligi bo‘yicha ta’sirchan davlat nazoratini o‘rnatish hamda faolligi uchun mas’ullar va jamoatchilik vakillarini rag‘batlantirib borish tartibini yo‘lga qo‘yish; 

i) aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, ijtimoiy, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari jamoalari bilan fuqarolik muhofazasi borasida o‘quv-amaliy va kompleks tartibot-profilaktika tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish; 

k) o‘rmon fondi ob’ektlarida mavsum oldi va mavsumda, paxta-to‘qimachilik klasterlari, qurilish ob’ektlari hamda yirik savdo- ko‘ngilochar markazlarda amaldagi qonunchilik hujjatlari doirasida aholi xavfsizligini ta’minlash va ularning mol-mulkini asrashga qaratilgan manzilli profilaktik tadbirlarni olib borish.

O‘zA