Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi ochildi
11:18 / 2025-02-04

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev, Qashqadaryo viloyat hokimi M.Azimov va boshqalar ishtirok etib, favqulodda vaziyatlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yong‘in-qutqaruv guruhlarining moddiy texnika bazasining mustahkamlanayotgani, ishchi xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ta’kidlab o‘tdi.  

[gallery-21586]

Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev shu yerda xizmat olib boruvchi shaxsiy tarkibga ob’ektning ramziy kalitini topshirar ekan barchani samimiy tabrikladi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.  

Mas’ullar yangi qurilgan binoda munosib xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  

Tadbir doirasida yangi bo‘limga zamonaviy maxsus yong‘in-qutqaruv avtomashinasi ham topshirildi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari