English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi avtomashina topshirildi
20:06 / 2024-03-05

Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi yong‘in-qutqaruv avtomobili topshirildi.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maxsus yong‘in-qutqaruv avtomashinasining topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda favqulodda vaziyatlar, xususan, yong‘inlar kelib chiqishining oldiini olish, sodir bo‘lgan taqdirda zudlik bilan bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar bo‘limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy o‘t o‘chirish jihozlari bilan ta’minlash, soha xodimlarining professional tayyorgarligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan yangi yong‘in-qutqaruv avtomobili kalitini Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Botirjon Ashurov hamda tuman hokimi Hikmatullo Dadaxonov jamoaga tantanali ravishda topshirdi. 

Maxsus yangi avtomashina tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

[gallery-16241]

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari