Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyatlar bolalar tasavvurida
19:59 / 2019-12-25

Tanlovning dastlabki bosqichida 69 ming oʻquvchi ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 36 nafar oʻgʻil-qiz viloyat bosqichida kuch sinashdi.


Namanganda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Favqulodda vaziyatlar – bolalar tasavvurida” mavzuida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

photo5195289185836182735.jpg

Viloyat xalq taʼlimi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tanlovda oʻquvchilarning favqulodda vaziyatlar borasidagi bilim va koʻnikmasi sinovdan oʻtkazildi.

photo5194983921035619498.jpg

Tanlovning dastlabki bosqichida 69 ming oʻquvchi ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 36 nafar oʻgʻil-qiz viloyat bosqichida kuch sinashdi.

photo5195349650385776054.jpg

Kosonsoy tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Umidjon Rahimjonov ijodiy ishidagi oʻziga xos yondashuv bilan tanlov gʻolibi boʻldi. Namangan tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Javohir Abdugʻaniyev ikkinchi oʻrinni egalladi. Chust tumanidagi 64-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Muxlisa Bozorboyeva uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

photo5195349650385776055.jpg