Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti
17:29 / 2022-08-09

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahrida “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda shoshilinch tibbiy yordam xizmati rahbariyati va tuzilmalari, kuch vositalarining zilzila va uning oqibatlari natijasida ko‘p sonli jabrlanuvchilar yuzaga kelganda harakat qilish, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etishda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusda ko‘rgazmali maxsus- taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. 

Tadbir Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining ta’mirlanayotgan qismida tashkil etildi. Mashg‘ulotda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, sog‘liqni saqlash hamda viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmalari mutaxassislari qatnashib, jarayonni bevosita kuzatib bordi.

[gallery-8229]

Maxsus-taktik o‘quv mashqi dasturiga ko‘ra, shartli ravishda zilzila sodir bo‘lishi natijasida ma’muriy binoda favqulodda holat sodir bo‘ladi. Binoda zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi va ular xavfsiz hududga evakuatsiya qilinadi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida zilzila natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda tadbirlarni muvofiqlashtirish, favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni saralash va ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkillashtirish va o‘lim holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish vazifalari bajarildi. 

Tizim faoliyatida favqulodda vaziyatlar yuz berish xavfini kamaytirishga qaratilgan yondashuvlar qo‘llandi.

Muqimjon QODIROV,O‘zA