Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda holatni bartaraf etish shart, uning oldini olish esa yanada muhimroq
16:58 / 2020-02-29

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sodir boʻlgan yongʻinda bir oilaning 6 nafar aʼzosi qurbon boʻldi. Xolasinikiga mehmonga ketgani sabab bu oiladan faqat birgina qiz tirik qoldi.


Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sodir boʻlgan yongʻinda bir oilaning 6 nafar aʼzosi qurbon boʻldi. Xolasinikiga mehmonga ketgani sabab bu oiladan faqat birgina qiz tirik qoldi.

Xalqimizda kasalni davolagandan uni oldini olgan afzal, degan naql bor. Favqulodda holatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida 28 nafar favqulodda vaziyatlar viloyat boshqarmasi va tuman boʻlimi xodimlari bilan birgalikda 4 nafar “ Sardobatumangaz” filiali, 6 nafar davolash muassasalari xodimlari hamkorligida tumandagi Paxtakor va Birlashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida mavjud boʻlgan 1 ming 905 xonadondagi vaziyat oʻrganildi. 27 ta koʻp qavatli va 1 ming 663 ta bir qavatli aholi yashash uylari nazoratdan oʻtkazildi.

Ushbu favqulodda holatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan profilaktik tadbirga tizimda faoliyat yuritayotgan 28 nafar viloyat boshqarmasi va tuman boʻlimi xodimlari, 4 nafar “ Sardobatumangaz” filiali hamda 6 nafar davolash muassasalari xodimlari jalb etildi.

Oʻtkazilgan oʻrganish va tekshiruvlar davomida koʻp qavatli uylarda aniqlangan 28 ta kamchiliklardan 25 tasi yoki 85 foizi, aholi shaxsiy turar joylarda aniqlangan 47 ta kamchiliklardan 25 tasi yoki 51 foizi joyida bartaraf etildi.

Ushbu profilaktika tadbirlari davomida qarovchisi yoʻq, yolgʻiz yashovchi qariya, nogiron, ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatida turuvchi va spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan fuqarolarga alohida eʼtibor qaratilib, 8 oila roʻyxati shakllantirilib, barchasi nazoratdan oʻtkazildi va ular bilan suhbat oʻtkazilib, zarurat tugʻilgan fuqarolar rasmiy ogohlantirildi.

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzayotgan 6 ta elektr uskuna, moslama va agregatlardan foydalanish taʼqiqlandi.

– Ushbu profilaktik tadbir davomida mahalla faollari va mutasaddi idoralar vakillari bilan birgalikda uyma-uy yurib, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlar va is gazidan zaharlanish hamda boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida 1 ming 905 xonadonda istiqomat qiluvchi 2 ming 314 nafar fuqarolar bilan tushuntirish ishlari oʻtkazildi, – deydi favqulodda vaziyatlar tuman boʻlimi boshligʻi mayor Gʻ.Boboyev. – Shuningdek, targʻibot-tashviqot ishlarini keng olib borish maqsadida 68 nusxada 3 xildagi eslatma, yoʻriqnoma va plakatlar ishlab chiqilib, fuqarolarga tarqatildi. Asosiy maqsadimiz fuqarolarni favqulodda holat, yongʻinlar va is gazidan zaharlanishini oldini olishga qaratilgan. Oqoltin fojiasi takrorlanmasligi uchun favqulodda holatni bartaraf etish shart, ammo uning oldini olish undanda muhimroq, shiori ostida ish olib boryapmiz.