English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Favqulodda holatlarga bag‘ishlangan o‘quv mashqi
15:10 / 2025-08-13

Angor va Termiz tumanlarida “Angor va Termiz tumanlarining boshqaruv organlari favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tuzilmalarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzuiga bag‘ishlangan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi boshlandi.

Mahalliy hokimliklar, hududiy fuqarolik muhofazasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etayotgan mashg‘ulotning ochilish marosimida Surxondaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Shukurov, Angor tumani hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Q.Mardonov va boshqalar o‘quv mashqining mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Mashg‘ulot Termiz tumani hokimligida vazifalar belgilab olingan tezkor shtab yig‘ilishi bilan boshlandi.

Tadbir doirasida Termiz tumanidagi Yangi hayot mahallasida shartli ravishda yuzaga kelgan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, mahalla aholisini xavfli hududdan Angor tumanidagi xavfsiz joyga evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Mashg‘ulot chog‘ida favqulodda vaziyatlar holatlarida davlat quyi tizimi xizmatlari rahbarlari tezkor harakat qilish bo‘yicha qabul qilingan tegishli qarorlar ko‘rib chiqildi.

[gallery-24733]

O‘quv mashqi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish, evakuatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, aloqador xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan.

Hamkorlikdagi mashg‘ulotlar 15 avgust kuni yakunlanadi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri