O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotida Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralar ishlab chiquvchi xalqaro tashkilot (FATF) xalqaro standartlari samarali tatbiq etib kelinmoqda.
2020-2022 yillarda mamlakatimizning mazkur sohadagi milliy tizimi Yevroosiyo guruhining o‘zaro baholashidan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov va Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi ijrochi kotibi Sergey Teterukov uchrashuvida qayd etildi.
Shu munosabat bilan Yevroosiyo guruhining 40-yalpi majlisi qaroriga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Rahimov «Yevroosiyo guruhi faoliyati va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun» medali bilan taqdirlandi.
Uchrashuv yakunida FATFning xalqaro standartlarini qonunchilikka samarali tatbiq qilishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
N.Abduraimova,
O‘zA