Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fastfudning yana bir zarari oshkor qilindi
19:14 / 2025-09-13

Shimoliy Karolina universiteti tibbiyot fakulteti olimlari yog‘li ovqat va tez tayyorlanadigan taomlar miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi, deb yozdi “New Atlas”.

- Miya noto‘g‘ri ovqatlanishdan aziyat chekishini bilardik, biroq hujayraning muayyan guruhi bunchalik zaif bo‘lishini kutmagandik, - deydi tadqiqotchilar. - Hayratlanarli joyi shundaki, glyukoza miqdori kamayganda faollik tez o‘zgargan va bu holat xotirani susaytirish uchun yetarli bo‘lgan.

Sichqonlar bilan o‘tkazilgan tajriba atigi to‘rt kun davomida ko‘p miqdorda yog‘li ovqat iste’mol qilish miyadagi glyukozani kamaytirishini isbotlagan. Tadqiqot uchun jonivorlar tanlangan bo‘lsa-da, olimlar yog‘li taom, jumladan tez tayyorlanadigan yegulikni muntazam iste’mol qilish demensiya, Alsgeymer kabi jiddiy kasalliklar rivojlanishi xavfini sezilarli darajada oshirishini ta’kidlamoqda.

S.Rahimov, O‘zA