FOTOREPORTAJ
Namanganda davom etayotgan Gullar bayramining eng yorqin loyihalaridan biri – “Fashion festival & talants” moda va san’at festivali ko‘pchilik diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.
Moda va san’at festivalida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya davlatlaridan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar betakror kolleksiyalari bilan ishtirok etmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz hududlaridan saralangan 40 nafar dizaynerning kolleksiyalari muxlisu mutaxassislar e’tirofini qozonmoqda.
[gallery-12084]
E’tiborlisi, ushbu modalar namoyishiga mahalliy dizaynerlarimiz USAID loyihasi ko‘magida to‘rt oy tayyorgarlik ko‘rdi. Bu jarayonlarda yangi-yangi iqtidorlar kashf etildi.
Mahoratli dizaynerlarimizning xalqaro podiumlarni zabt etishida bu tadbir ko‘prik vazifasini bajarishi shubhasiz.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA