Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandlikka olish bilan bog‘liq qanday cheklovlar mavjud?
11:16 / 2021-10-22

Farzandlikka olish instituti ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning asosiy kafolatlaridan biri hisoblanadi.

Oila institutini yanada mustahkamlash, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning ahamiyatini kuchaytirish hamda oilaviy munosabatlarda qonuniylikni ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan "Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun  imzolandi.  

 Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.  

 Xususan, hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin emas. Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi bo‘lishi taqiqlangan.  

 Shuningdek, bolaning eng ustuvor manfaatlarini hisobga olgan holda, farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ham farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.  

 Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash  lozimki, farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga va vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarori bilan amalga oshiriladi.  

 Mazkur qonun avvalo jamiyatimizdagi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib tayyorlangan hamda insonparvarlik nuqtai nazaridan muhim ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega.  

 Ushbu qonunning qabul qilinishi bilan bola huquqlarining himoya qilinishi to‘laqonli ta’minlanishi va bolalarni qonunga zid ravishda farzandlikka olishni  oldini olishga erishiladi.  

 

Muhayyo  Toshqorayeva,  O‘zA