Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandlarimiz kelajagi uchun ovoz berdik
11:30 / 2016-12-04

Hazorasp tumanidagi 239-saylov uchastkasida 3 mingga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 51 nafari ilk bor ovoz beradi.

Hazorasp tumanidagi 239-saylov uchastkasida 3 mingga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 51 nafari ilk bor ovoz beradi.

– Nomzodlarning mehnat faoliyati va saylovoldi dasturi bilan tanishdim, – deydi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori Muhiddin Avazov. – Ularning har birida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha bir qator g‘oyalar ilgari surilgan. Shifokor sifatida ayni shu masala meni ko‘proq qiziqtiradi. Bugun saylovda men shu sohalar ravnaqi ovoz berdim.

Urganch shahridagi 22-saylov uchastkasiga ovoz berishga kelayotganlar orasida yosh bolali onalar ko‘p.

–Saylov uchastkasiga barcha qo‘shnilarim bilan birga keldik, – deydi Mohira Otajonova. – Uyimiz “Kamolot” uyi, shuning uchun deyarli hammamizda yosh bola bor. Saylov uchastkasida farzandlarimiz uchun tashkil etilgan ona va bola xonasida barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda o‘yinchoqlar shunchalik ko‘p va turli-tuman ekanki, bolalarimiz maza qildi. Biz yosh onalar o‘zaro fikrlashib, farzandlarimiz kelajagi uchun ovoz berdik.