Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandlari sogʻlom yurt qudratli boʻlur
15:29 / 2020-11-02

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Chirchiq shahar Kengashi tashabbusi bilan “Farzandlari sogʻlom yurt qudratli boʻlur” loyihasi doirasida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sport musobaqasi tashkil etildi.


“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Chirchiq shahar Kengashi tashabbusi bilan “Farzandlari sogʻlom yurt qudratli boʻlur” loyihasi doirasida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi – mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, kitobxonlik madaniyatini, milliy adabiyotimiz va sanʼatimizni yana-da rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashishdan iborat.

Pandemiyaning keng tarqalishi jamiyatda inson salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportning oʻrni naqadar ahamiyatliligini yana-da yorqinroq namoyon etdi. Koronavirus barcha sohalarda boʻlgani kabi jismoniy tarbiya va sport sohasiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi.

Shu bilan birga, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻibot qilish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmushni keng targʻib qilish, sportning barcha turlarini ommalashtirish maqsadida oʻtkazilgan musobaqada oʻquvchi qizlardan shakllantirilgan jamoalar sportning stol tennisi, badminton, karate turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

– Musobaqa bahona deputat bilan yaqindan tanishdik, – deydi cportning taekvondo turi boʻyicha olti karra Osiyo chempioni Dilrabo Toirova. – Ular bizning kelajak orzularimiz, maqsadlarimiz bilan qiziqdilar. Ezgu tashabbuslarimiz, ilgʻor gʻoyalarimizda bizga doimo suyanch ekanligini taʼkidladilar. Koronavirus pandemiyasi sabab, sport musobaqalari toʻxtatildi, hatto sport zallariga bora olmadik. Bugungi boʻlib oʻtgan tadbir karantin qoidalari asosida tashkil etilib, musobaqalar shiddatli tarzda oʻtdi, yodda qolarli taassurotlarga boy boʻldi...

Musobaqa yakunida gʻolib jamoalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.