Yangi yil bayrami munosabati bilan Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida farzandlar manfaatlarini himoya qilish borasida yana bir muhim ijobiy natijaga erishildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasining tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor shaxsdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi foydasiga 92 million so‘mlik aliment qarzdorligi to‘liq undirib berildi.

– Aliment to‘lovlari farzandlarning munosib tarbiya olishi, ta’lim va kundalik ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi Sohibjon Rafiqov. – Shu boisdan ham Byuro tomonidan aliment qarzdorliklarini undirish masalasi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, har bir ish qonun talablari asosida qat’iy choralar ko‘rilgan holda hal etib kelinmoqda.
Yangi yil bayrami oldidan mazkur mablag‘larning undirilishi farzandlar va ularning oilasi uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi. Bu esa qonun ustuvorligi va bolalar huquqlari davlat himoyasida ekanining yana bir yaqqol tasdig‘idir.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.