English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandingizga qanday ertaklar so‘zlab berasiz? (+video)
09:40 / 2021-06-21

Ertak – xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biridir. Odatda, ertaklar og‘izdan og‘izga o‘tishi natijasida ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib, voqealar rivoji, syujetlari yanada boyib boradi.

Ertak tinglab voyaga yetgan bola dunyoqarashi boy, fantaziyasi keng, ertak qahramonlari kabi mard, jasur, vatanparvar va barcha oliyjanob fazilatlarga ega inson bo‘lib ulg‘ayadi.

XXI asr internet, axborot-texnologiyalar asri. Afsuski, bugungi kunda bolalar ko‘proq telefon o‘yinlari bilan band bo‘lmoqda. Bunga ota-onalarning o‘zlari sababchi, balki onalarning farzandlariga aytadigan ertaklari “tugab” qolgandir?

O‘zA muxbiri turli kasbdagi yurtdoshlarimizga – onalarga murojaat qilib,ularning farzandlariga qanday ertaklar so‘zlab berayotgani haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.Javoblar esa sizni o‘ylashga, mulohaza yuritishga undaydi.

Quyida ushbu video-lavhani e’tiboringizga havola qilamiz.

<iframe width="1366" height="657" src="https://www.youtube.com/embed/QqByPUnPFBc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Fayzullo Yahyoyev, Yoqub Meliboyev(video), O‘zA