Farzandingiz taqdiriga befarq bo‘lmang! (+video)
Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktabida “Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!” shiori ostida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 30 sentyabr kuni davlatimiz rahbari pedagoglar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti davomida yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qilib, yoshlarning ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor bilan yondashish kerakligi xususida to‘xtalgan edi. Shundan kelib chiqib, bugungi uchrashuvda o‘quvchilar tarbiyasida ota-onaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish dolzarb ekanligi haqida so‘z yuritildi.
[gallery-19742]
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Yakunda ota-onalar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kcvEbtUYojE" title="Farzandingiz taqdiriga befarq boʻlmang!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA