Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzand tarbiyasida otaning o‘rnini kim bosadi?
12:07 / 2021-03-14

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. Oilada tinchlik-xotirjamlik, farzandlar totuvligi bo‘lsa, jamiyat ham o‘z-o‘zidan farovon bo‘ladi.

Afsuski, so‘ngi vaqtlarda bo‘layotgan oilaviy ajrimlar farzandlar taqdiri, ta’minoti kabi og‘riqli masalalar insonni o‘ylantiradi.

G‘ijduvonlik Aslonovlar oilasi ham to‘rt yil muqaddam yaxshi orzu-umidlar bilan oila qurgan. O‘tgan vaqt oralig‘ida oilada ikki nafar farzand dunyoga kelgan.

Shunday ulug‘ ne’matga shukrona keltirish, farzandlarini har jihatdan komil insonlar etib tarbiyalash ota-onaning asosiy burchi edi. Biroq, er-xotinning kelishmovchiliklari sabab oila parokanda bo‘ldi. Farzandlar esa sarson-sargardon, aro yo‘lda qoldi. Ularning tarbiyasi, salomatligiga endi kim qayg‘uradi?

– Shunday vaziyatda ona sudga murojaat qildi, – deydi MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Behzod Ikromov. – Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudi voyaga yetmagan farzandlarini onaning tarbiyasiga olib berish haqida qaror qabul qildi. Nihoyat 2 nafar voyaga yetmagan bola onasi – Sh.Alisherova tarbiyasiga olib berildi.

Biroq endi oilada, ayniqsa, farzand tarbiyasida otaning o‘rnini kim bosadi? O‘rtada esa begunoh farzandlar sarson.

Zarif Komilov,

O‘zA