FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanining Tinchlik mahallasida “mahalla yettiligi”, hududdagi 12-umumta’lim maktabi rahbariyati, psixologi, nuroniylar va ota-onalar ishtirokida “Mahalla – maktab – ota-ona” tamoyili asosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar, bugungi kunda voyaga yetmaganlar hamda o‘quvchilar o‘rtasida avtotransport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l transport hodisalari, hujjatsiz avtotransport boshqarish holatlarining ko‘paygani yuzasidan tadbirda so‘z yuritildi.
So‘ng viloyat hokimining murojaatnomasi tinglandi va qisqa metrajli “LIKE” filmi namoyish etildi.
[gallery-23484]
Suhbat jarayonida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mahalla, maktab va ota-ona hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA