Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzand tarbiyasida kim mas’ul
18:30 / 2021-01-19

Bugun jadallashib rivojlanayotgan yurtimizda yoshlarimizning har tomonlama kamol topishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ularning har jabhada faolligi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Yurtboshimizning 2020 yilning 25 dekabrida o‘tkazilgan ilk “Yoshlar forumi” hamda 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan “Murojaatnoma”sida ham yoshlarimiz va ularning istiqboli haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ayniqsa, ta’lim jarayonida hech kim biror bir xatolikka yo‘l qo‘ymasligi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi birinchi o‘rinda turishi, shu bilan birgalikda, o‘qituvchi va murabbiylar darajasini yanada oshirish kabi masalalarda o‘zining odilona fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Bu borada esa ta’lim tizimida samarali chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yildi. Va ularning ijrosi yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, viloyatimizda joriy yilning 11-15 yanvar kunlari viloyat hokimi hamda xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida Xalq ta’limi boshqarmasi tizimida rahbar kadrlarni tayyorlash hamda malakali kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida Navoiy shahridagi 5-umumta’lim maktabida “Rahbarlik salohiyati va ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha shahar-tumanlarda faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablaridan saralab olingan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda psixologlari ishtirok etdi.

Ushbu o‘quv jarayonida senator, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Xodjayev ham yosh kadrlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bugun yoshlar ta’lim-tarbiyasi, maktab o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan ko‘ngilsizliklarning oldini olish, ularni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘lga solish kabi masalalar muhokama etildi.

“Farzand tarbiyasida kim mas’ul?” seminarda barchani o‘ylantirayotgan shu va shu kabi savollarga javob izlandi. Ota-onalar, o‘qituvchilar, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, psixologlar hamda mahalla vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va bu hamkorlikning natijasi tahliliy-tanqidiy bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Qizg‘in suhbat hamda muloqot natijasida yosh kadrlarimiz o‘zlarning qiziqtirgan savollariga javob topish bilan birgalikda, kelgusidagi rahbarlik faoliyatlari uchun kerak bo‘ldigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Mazkur o‘quv seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, salohiyatli va malakali kadrlarni tanlab olish, ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

O‘quv seminarida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan

50 nafar tashabbuskor zahira kadrlar tanlab olindi.

O‘ttiz soatlik o‘quv seminarida o‘quv mashg‘ulotlari viloyat xalq ta’limi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Besh kunlik o‘quv seminari tadbirlari yakunida 50 nafar zahira kadrlar ichidan 5 nafari hozirgi kunda qizil hududga kirgan Xatirchi tumanidagi 21-23-37-, Nurota tumanidagi 4-, hamda Qiziltepa tumanidagi 3-umumta’lim maktabi direktori lavozimiga, shuningdek, Navoiy shahridagi 7-umumta’lim maktabining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi esa shahar xalq ta’limi bo‘limi metodisti lavozimiga tayinlandi.

Bu esa yurtimizda yoshlarning ulkan parvozlariga sabab bo‘lmoqda. Xalq ishonchi va mehrini his qilgan holda yoshlarga ta’lim-tarbiya berayotgan yosh kadrlarimiz, “Ustoz” deya atalmish sharafli nomga munosib bo‘lmog‘i, ayni haqiqat.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA