Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farovon – nomiga munosib mahalla
15:52 / 2025-10-23

FOTOREPORTAJ

Andijon viloyati Baliqchi tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlarini kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi Farovon mahallasida ham bu borada qator amaliy chora-tadbirlar bajarilayotir.

Mazkur mahallaning 612 xonadonida 3 ming 226 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning Saodat, Zaripak, Ilmu tolib, Ko‘rkam, Yangi avlod va Tinchlik ko‘chalari bo‘ylab umumiy uzunligi 13 kilometrni tashkil etuvchi yo‘llar mavjud bo‘lib, shundan 4 kilometrida asfalt yotqizilgan, qolgan 9 kilometrida esa shag‘allash ishlari amalga oshirilgan.

Aholining kundalik ehtiyojlaridan biri bo‘lgan suv ta’minoti masalasida ham muhim ishlar bajarildi. So‘nggi yillarda tomorqalarni sug‘orishda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida Qoradaryo o‘zanidan mahalla hududiga suv yetkazib berish uchun yangi nasos o‘rnatildi hamda tegishli elektr tarmoqlari tortildi. Bu ishlar Baliqchi tuman hokimligining amaliy yordami va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.

[gallery-25884]

Amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar mahallada suv ta’minotini yaxshilash, aholining tomorqalardan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirish, shu orqali hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA