Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farovon mahalla (+video)
17:30 / 2026-01-05

2026 yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

Nukus shahridagi Navqanbog‘ mahallasida hudud infratuzilmasi va aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolar bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Bugungi kunda hududda 1012 xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 4 ming 774 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Mahallaga bir necha yildan buyon raislik qilib kelayotgan Zamira Aytboyeva aholi tashvishi va quvonchi bilan yashab, el farovonligini ta’minlash yo‘lida oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishib kelmoqda.

[gallery-26997]

Mahalla raisining aholi bilan birgalikdagi tinimsiz harakatlari evaziga hudud “Tashabbusli byudjet” tanlovida bir necha bor g‘olib bo‘ldi. Mahalladan o‘tuvchi temiryo‘l ustidan avtomobillar o‘tish yo‘li qurilishi, “Do‘stlik” kanalidan aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun oqava suv tarmog‘i tortilishi, shuningdek, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 250 million so‘mlik yangi bog‘ barpo etish ishlari bajarildi. Bundan tashqari, mahalla hududida yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy va amaliy yordam ko‘rsatishda ham yaxshi natijalarga erishildi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/92H44_kB9VU" title="2026 yil — Mahallani rivojlantirish vajamiyatni yuksaltirish yili" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>  

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA