Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farovon kelajagimiz uchun ovoz berdim
19:20 / 2021-10-24

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddaci hamda Saylov kodeksiga muvofiq, bugun yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Men ham O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasida tashkil etigan saylov uchastkasiga o‘zimning konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanish uchun keldim.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Prezident saylovining adolatli, ochiq va shaffof, pandemiya sharoitini hisobga olgan holda o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yurtimiz yoshlari kabi biz xorijda tahsil olayotgan yoshlar ham yurtimiz kelajagi va farovonligi uchun ovoz bermoqdamiz.

Yurtimizning har bir fuqarosi hayotiga daxldor bo‘lgan bunday siyosiy jarayonda faol ishtirok etish nafaqat huquqimiz, balki burchimizdir.

Shohruxbek Tillaboyev,

London Brunel universiteti magistranti,

“El yurt umidi” jamg‘armasi stependianti.