Jangchi-faxriylarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyida Respublika Nuroniy jamg‘armasi tomonidan Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-фахрийларга topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda keksa nuroniylar, yoshlar, harbiylar, sportchilar, ota-onalar va jurnalistlar ishtirok etdi.
Ma’lumki, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan 3 mingga yaqin yurtdoshlarimiz taqdirlandi. Ular orasida yurtimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ziyolilardan tortib, mahalla faollarigacha barcha soha vakillari bor. Albatta, bu mukofot zamirida ham tinimsiz mehnat, jamoat ishlarida faollik va fidoyilik yotibdi.
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida mamlakatimizda jangchi-faxriylar ham borligini alohida ta’kidlash kerak.
Ma’lumki, 1979 yili boshlanib, qariyb o‘n yil davom etgan Afg‘onistondagi jangovar harakatlarda yurtimizdan 65 ming kishi qatnashgan. Ularning 2500 nafari nogiron bo‘lib qolgan, 1545 nafari urushda vafot etgan, 9000 nafari esa yurtmizga qaytib, urush ta’sirida uzoq yashay olmay, vafot etgan. Albatta, bu ham o‘sha mash’um urushning eng og‘ir asoratidir.
— Afg‘on urushida shifokor bo‘lib, qatnashganman, — deydi Magira Babayeva. — Albatta, urushda ayol kishining qatnashishi chinakamiga fojea. Hali-hanuz urushning asorati ko‘z o‘ngimdan ketmaydi, bugungi osoyishta va tinch, farovon hayotimizning qadri ulug‘. Davlatimiz tomonidan qilgan mehnatimiz bee’tibor qoldirilmayapti.
Tadbir so‘ngida vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangadi.