FOTOREPORTAJ
Guliston tumani “Ibrat” mahallasida istiqomat qiluvchi Sheranovlar xonadonida “Farovon hayotga ilk qadam” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalla yettiligi vakillari va nuroniylar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, shuningdek, boshqa mahallalardan taklif qilingan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirdan asosiy maqsad — hayotning sinovlariga bardosh berib, fidokorona mehnati orqali oilasini mustahkamlagan, farovon turmushga erishgan Sheranovlar oilasining ibratli tajribasini ommaga yetkazish, ular misolida ijtimoiy ko‘makka muhtoj odamlarni umid va ishonch bilan yashashga ruhlantirishdan iborat.
[gallery-23866]
Seminar davomida “Farovon hayotga ilk qadam” loyihasining mohiyati va ahamiyati, ko‘zda tutilgan istiqbolli rejalarga keng to‘xtalib o‘tildi. Sheranovlar oilasi a’zolari o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mehmonlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA