Farmonov Dilshod Po‘latovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ta’lim jarayonida metakognitiv o‘qitish muammolarini statistik tahlil qilish” mavzusida
Farmonov Dilshod Po‘latovichning 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha “Ta’lim jarayonida metakognitiv o‘qitish muammolarini statistik tahlil qilish” mavzusidagi (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.06.04 raqamli Ilmiy kengashining 2026-yil 11-mart kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 220100, Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy, 3-bino, T-110 xona.
Tel/faks: (998 62) 224-67-00, (998 62) 224-57-00
e-mail: info@urdu.uz