French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmonda belgilangan tartib va talablar shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish uchun xizmat qiladi
10:17 / 2021-03-24

Toshkent shahar hokimligida 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosining samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish, ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Toshkent shahar va tumanlar hokimlari o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda ularning ijro intizomiga mas’ul o‘rinbosarlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari va boshqalar ishtirok etgan seminarda farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar, uning ahamiyati va dolzarbligi haqida so‘z yuritildi.

Ushbu farmon va Hukumat farmoyishida belgilangan tartib va talablar shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish, ularni amalga oshirish borasida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Seminarda farmon bilan yangi joriy etilgan tizim doirasida qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, «Ijro.gov.uz» idoralararo yagona elektron tizimidagi texnik imkoniyatlarni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq masalalar batafsil yoritib berildi.

Seminarda «Ijro.gov.uz» tizimiga hozirda amalda qo‘llanilib kelinayotgan boshqa elektron tizimlar (masalan, germes) ham integratsiya qilinishi rejalashtirilayaptimi? «Ijro.gov.uz» tizimiga kiritilgan ma’lumotlar Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilganda, bunday o‘rganish muddati hujjatni ijro qilishning umumiy muddatiga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi? kabi savollarga Ishchi guruhi a’zolari batafsil javob berdi.