Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmon va qaror ijrosi: amaliyot, tahlil va samara
17:34 / 2021-12-10

Buxoroda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi xodimlari va fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4 martdagi «2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni hamda 3 martdagi «Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorining ijrosi o‘rganildi.

Buxoro shahridagi NNT va Do‘stlik o‘yida o‘rganishlarning yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish hamda viloyatdagi nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas’ullari, xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sherikchilik komissiyasi a’zolari, jamoat fondi xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, grant tanlovlari g‘oliblari ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Ta’kidlanganidek, Davlat rahbarining 2021 yil 4 martdagi «2021 – 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan «2021 – 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2021 yilda amalga oshirish «Yo‘l xaritasi»ning tegishli bandlarida NNTlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Ana shu vazifalar ijrosi doirasida Buxoro viloyatida muayyan ishlar amalga oshirilgan.

– Viloyat hokimining tegishli qaroriga asosan, fondimizga mahalliy byudjet hisobidan joriy yilda 1 milliard 167,8 million so‘m mablag‘ ajratildi, – deydi xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bosh mutaxassisi Munira Sadullayeva. – Ushbu mablag‘dan 1 milliard so‘m miqdordagi mablag‘ Davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari uchun grant ko‘rinishida ajratilishi belgilangan.

Ijtimoiy sheriklik komissiyasining qaroriga asosan davlat ijtimoiy buyurtmasi hamda 1- va 2-grant tanlovlari mavzulari e’lon qilinib, taqdim etilgan loyihalar komissiya a’zolari tomonidan tegishli tartibda ko‘rilgan. Ushbu tanlovlarga 20 ga yaqin NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlaridan loyihalar qabul qilingan.  «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash» mavzusida o‘tkazilgan davlat granti 1-tanloviga 8 ta fuqarolik jamiyati institutlaridan 10 ta loyiha qabul qilingan. Ularning 8 tasi NNTlardan, 2 tasi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan taqdim etilgan.

«Aholining huquqiy ongi, inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik nazoratini tashkil etish» mavzusida o‘tkazilgan davlat granti 2-tanloviga 5 ta fuqarolik jamiyati institutlaridan va 2 ta davlat tashkilotidan loyihalar qabul qilingan. Ishchi guruhining o‘rganishlari natijasida mazkur davlat granti bo‘yicha NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 4 ta loyihalari g‘olib deb topilgan. 158,9 million so‘m grant mablag‘lari ajratilgan. «Aholining huquqiy ongi, inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik nazoratini tashkil etish» mavzusidagi tanlovda 2 ta NNT loyihasi g‘olib deb topilgan. 79,7 million so‘m grant mablag‘lari ajratilgan.

«Buxoro viloyatida jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan ayniqsa eshituvi zaif kishilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari to‘g‘risida xabardorligini ta’minlash», shuningdek «Turli millat va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab avaylashga, rivojlantirishga ko‘maklashish hamda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik hamda hamjihatlikni ta’minlash» mavzularida o‘tkazilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlari g‘oliblariga 100 million so‘mdan jami 200 million so‘m, «Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarni davomiyligini ta’minlash va turli muammolar yechimiga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash» mavzusida e’lon qilingan davlat granti ajratish bo‘yicha 3-tanlovlarda ishtirok etgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 2 ta loyihasiga 80 million so‘m,  «Mustaqillik yillarida mamlakatimizda turli sohalarda erishilgan yutuqlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash» mavzusidagi 4-tanlov bo‘yicha NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 7 ta loyihasiga 280 million so‘m ajratilgan.

[gallery-5026]

«Oilaviy va maishiy zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish» mavzusida o‘tkazilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlari bo‘yicha 1 ta loyiha 100 million so‘mga qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, «Viloyat hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan o‘zaro aloqasi hamda hamkorligini ta’minlash. O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, millatlararo va fuqarolar totuvligini mustahkamlash, O‘zbekistonda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning azaliy milliy an’analari, urf-odatlari va udumlarini saqlash va rivojlantirish bo‘yicha madaniyat va san’at sohasida tarixiy an’analarni tiklash hamda keng targ‘ib qilish shu bilan bir qatorda yoshlar ongida vatanparvarlik tamoyillarini singdirishga qaratilgan sahnaviy talqinlar, kompozitsion tomosha va roliklar yaratish» mavzusida o‘tkazilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlari bo‘yicha 1 ta loyiha 98 million 326 ming so‘mga qo‘llab-quvvatlangan. Viloyatda mavjud 600 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlariga amaliy va huquqiy tushuntirishlar berilgan. Ularga e’lon qilingan tanlovlarda faol ishtirok etish uchun amaliy yordam berilgan. Loyihalarni yozishda mahorat darslari o‘tilgan.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan tushuntirishlar berildi. Ochiq muloqotda nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari va parlament komissiyasi a’zolari tomonidan batafsil javob berildi. Tadbir so‘nggida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantining 3-4 va 5 tanlovlarida Buxoro viloyatidan loyihalari g‘olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Erkin Majidov, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish Parlament komissiyasi raisi, Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov, Parlament komissiyasi a’zosi, Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Abduhalimov, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori Otabek Husanov hamda Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sherikchilik komissiyasi raisi Abira Huseynovalar qatnashdi.

 

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA