Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmon ijrosi doirasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda
18:02 / 2022-08-17

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, yuqoridagi farmon asosida Olmaliq kon metallurgiya kombinati zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Xususan, farmon ijrosi yuzasidan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan “Olmaliq KMK”AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ni rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish dasturi ishlab  chiqilgan. Hujjat ijrosi bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, I-yo‘nalish – Nodir metallardan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 28,6 million dollarlik 11 ta loyiha olib borilmoqda.

[gallery-8361]

Mazkur yo‘nalishdagi loyihalar amalga oshirilishi natijasida 11 mahsulot, xususan, volfram 3 oksidi, volfram shtabigi, molibden shtabigi, volfram karbidi, VK, TK markali qattiq qotishmalar ishlab chiqariladi va 165 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Dasturning II-yo‘nalishida mis asosidagi rangli metallarni qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati 13 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

III-yo‘nalishda ilmiy ishlanmalarga asoslangan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 8,7 million dollar bo‘lgan 9 ta loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida  yiliga 26,6 milliard so‘mlik 12 ta mahsulot turi ishlab chiqariladi.

Dasturning IV-yo‘nalishi – Foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida yangi quvvatlarni tashkil etishga oid loyihalar doirasida umumiy qiymati 13,55 million dollar bo‘lgan 6 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar ishga tushishi natijasida 90,58 million dollarlik mahsulot tayyorlanib, 277 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga soha vakillari tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Davron ERNAZAROV (surat),O‘zA