Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmon ijrosi amalda
10:32 / 2025-09-30

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Buxoro tumanining So‘fikorgar mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amaliyoti joriy etilgan. 

Shuningdek, “Adliya mahalla”, “Online mahalla” platformalari orqali hududlardagi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar hal etilishida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, o‘tgan davrda “Adliya mahalla” platformasi orqali 1883 ta huquqiy muammolar aniqlanib, shundan 1248 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, “Online mahalla” platformasi orqali mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan 1987 ta huquqiy muammo ko‘rib chiqilib, 1225 tasi ijobiy hal etilgan. “Huquqiy mahalla” loyihasi bo‘yicha 1178 ta xonadonda uyma-uy yurish orqali 972 ta huquqiy muammo aniqlanib, 875 tasiga ijobiy yechim topilgan. 

[gallery-25526]

Mahallada “Adliya burchagi” ham  tashkil etilgan. Shuningdek, “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida mahalla raislarining huquqiy bilimini oshirish, mahalla raislari va xotin-qizlar faollarini oilaviy masalalar bo‘yicha mediatorlikka o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. 

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA