French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika texnika universiteti bitiruvchilari Britaniya universitetlari diplomlariga ega bo‘ladi
17:18 / 2022-08-04

"Tashkent Pharma Park" hududida joylashgan Farmatsevtika texnika universitetiga qabul boshlandi.

Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Farmatsevtika texnik universiteti yangi tashkil etilgan universitet bo‘lib, Britaniyaning yetakchi akademik standartlariga muvofiq farmatsiya, tabiiy fanlar, kosmetika fanlari, texnologiya va sanoat menejmenti bo‘yicha bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Ta’kidlash lozimki, Farmatsevtika texnika universiteti bitiruvchilari Britaniya universitetlari diplomlariga ega bo‘lishadi.

Hozirda universitet 3 turdagi umumta’lim kurslarni taklif qiladi:

➖ Farmatsevtika fanlari umumta’lim kursi

➖ Biologik fanlar umumta’lim kursi

➖ Tabiiy fanlar umumta’lim kursi

Nomzodlar o‘rta ta’lim maktab shahodatnomasi, litsey hamda kollej diplomlariga ega bo‘lishlari hamda ingliz tili bo‘yicha mustahkam ko‘nikmaga ega bo‘lishi, shuningdek, eng kamida 5.5 IELTS sertifikatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.

O‘qish to‘liq ingliz tilida bo‘lib, Britaniya standartlariga muvofiq olib boriladi. Umumta’lim kurslarida o‘qish 2023 yil yanvar oyidan boshlanadi.

Talabalar qabuli rasman ochiq deb e’lon qilingan. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA